Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elchisi Ukraina prezidentiga ishonch yorlig‘i topshirdi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Alisher Qurmonov 11 dekabr kuni Mariinskiy saroyida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga ishonch yorlig‘i topshirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, marosim ishonch yorliqlarini topshirish va Ukraina prezidentining nutqi bilan chegaralandi.
Ukraina rahbari o‘z so‘zida O‘zbekiston Ukrainaning Markaziy Osiyodagi muhim sherigi ekani, tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishga intilayotganini ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyun oyida Alisher Qurmonov O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi etib tayinlangandi.
A. Qurmonov avval O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.
Shuningdek, u O‘zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026