Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekneftgaz»: Mash’alada yonib ketuvchi yo‘ldosh gazlardan elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda
«Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyihasi doirasida Xalqaro Taraqqiyot Uyushmasi (Jahon banki) tomonidan «O‘zbekneftgaz» AJ obektlarida mash’alada yonib ketuvchi yo‘ldosh gazlardan elektr energiyasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Loyiha doirasida 2017 yildan buyon 27 912 660,8 kVt*s elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Mikroturbinali qurilmalar yordamida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Sardob» koni hamda Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Bateman» siquv kompressor stansiyalaridagi mash’alada yonib ketuvchi yo‘ldosh gazlardan 2 MVt elektr energiyasi olindi.

Shuningdek, ishlab chiqarishni texnik rostlash departamenti qoshidagi Bosh Energetika bo‘limi va “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari mutaxassislari bilan birgalikda ishlab chiqarish obektlarining energiya samaradorligini oshirish borasida nazorat ishlari amalga oshirilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ mas’ul xodimlari tomonidan mash’alada yonib ketuvchi yo‘ldosh gazlardan foydalanib, elektr energiyasi ishlab chiqarish maqsadida yangi loyihalarni amalga oshirish hamda mavjud quvvatlar hajmini oshirish rejalashtirilgan.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025