Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida 14 soat ichida 13ta mashina YTHga uchradi
Joriy yilning 13 dekabr kuni soat 19:00dan 14 dekabr kuni soat 9:00ga qadar A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 258-, 259- va 265-km hududlarida jami 3ta holatda 13ta turli rusumdagi avtotransport vositalarining muzlama yo‘llarda boshqaruvni yo‘qotishi yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘lgan.
Voqea joyiga FVV «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilot xodimlari zudlik bilan yetib borib, YTH oqibatlarini bartaraf etdi.
Yuzaga kelgan vaziyatlar oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rish va hushyorlikni yo‘qotmaslikni so‘ragan.
Mavzuga oid
15:55
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
15:48
Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan “oper” 7 yilga qamaldi
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
14:02 / 09.06.2026