Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 6 kishi o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi
Namangan shahrida yuk mashinasi va «Neksiya» to‘qnashuvi oqibatida yong‘in ro‘y berib, 6 kishi halok bo‘ldi.
«16 dekabr kuni soat 16:30larda Namangan viloyati, Namangan shahar, I.Karimov-Istiqlol ko‘chalari kesishgan «Fazo» chorrahasida haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan A.A. «Man» rusumli yuk avtomashinasida harakatlanayotib chorrahadan o‘tayotgan, haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan N.M. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan», deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.
To‘qnashuv natijasida yong‘in sodir bo‘lib «Neksiya» rusumli avtomobilda bo‘lgan 6 kishi yonib ketib halok bo‘lgan:
- haydovchi, 42 yoshli N.M;
- yo‘lovchi 39 yoshli M.X. (haydovchining xotini);
- yo‘lovchi 13 yoshli M.B. (haydovchining farzandi);
- yo‘lovchi 10 yoshli A.B. (haydovchining farzandi);
- yo‘lovchi 34 yoshli G.Sh;
- yo‘lovchi 7 yoshli M.Sh.



Mazkur YTH yuzasidan Namangan viloyati IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:39
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026