Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident videoselektorida qishga tayyorgarlik ko‘rishdagi xatolar tanqidiy tahlil qilinadi
Bugun, 16 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kengaytirilgan selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Kun.uz manbasi xabar qilishicha, videoselektor kun tartibida ikkita muhim mavzu - qishga tayyorgarlik davomida yo‘lga qo‘yilgan xatolarni tanqidiy tahlil qilish va oziq-ovqat xavfsizligi masalalari o‘rin olgan.
Yig‘ilishda yuzaga kelgan muammolar batafsil ko‘rib chiqilib, joylardagi hokimliklar uzilishlar bo‘yicha qanday choralar ko‘rgani tahlil qilinadi.
Jumladan, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, ichki bozorlarda narxlar barqarorligini saqlash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahalliy hokimliklar rahbarlari hisobotlari tinglanadi.
Aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha vazirliklar, idoralar hamda hokimliklar rahbarlarining mas'uliyati ko‘rib chiqiladi.
Videoselektor yig‘ilishida vazirliklar idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobotlari eshitiladi.
Mavzuga oid
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
16:21 / 24.04.2026
Prezident qator hokimlarni tanqid qildi
17:40 / 27.01.2026