O‘zbekiston | 23:16 / 17.12.2020
4475
2 daqiqa o‘qiladi

Pandemiyadan keyin onlayn teledarslar yangi formatga o‘tadi - vazir o‘rinbosari

Yangi formatdagi onlayn darslar bolalarni kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari, kelajak ko‘nikmalariga ega bo‘lishlariga ko‘maklashadi.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

«Onlayn maktab» loyihasi muvaffaqiyatli joriy etilganini inobatga olib, loyihani davom ettirishga qaror qilingan. Lekin u yangicha formatda davom etadi.

Bu haqda xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Pandemiya davrida ushbu loyiha o‘quvchilarga ko‘proq ta'lim olib, fanlarni o‘zlashtirishga yordam bergan bo‘lsa, yangi formatdagi onlayn darslar bolalarni kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari, kelajak ko‘nikmalariga ega bo‘lishlariga ko‘maklashadi.

Shuningdek, o‘quvchilar qo‘shimcha fanlarni o‘rganib, o‘z bilimlarini charxlab borishlari uchun yangi dasturlar joriy qilamiz», – dedi vazir o‘rinbosari «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasining yillik hisobotida.

Ma'lum qilinishicha, televizion darslar o‘rniga yoshlarda dasturlash, frilans yo‘nalishi bo‘yicha yangi ko‘nikmalarni shakllantiradigan masterklaslar, «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasida muvaffaqiyatga erishgan yoshlar haqida motivatsion videoroliklar berib boriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid