Qayd etilişiça, bunda 18,7 mlrd. dollar davlat sektoriga, 10,6 mlrd. dollar xususiy sektorga töğri keladi.

“2020 yil 9 oyi davomida Özbekiston tölov balansi körsatkiçlarining şakllanişiga dunyoda COVID-19 pandemiyasi boşlanişi bilan boğliq içki hamda taşqi bozor holatidagi özgarişlar, taşqi savdo aylanmasining pasayişi, global biznes faoliyati sekinlaşişi va moliyaviy xatarlarning ortişi kabi omillar öz ta'sirini ötkazdi.

Şuningdek, 2020 yil 9 oyi davomida joriy qilingan karantin çora-tadbirlari mahalliy xarakter kasb etib, transçegaraviy pul ötkazmalarining umumiy hajmiga salbiy ta'siri böyiça xatarlar röyobga çiqmadi va rezidentlarga ötkazmalar 2019 yil mos davri darajasida saqlanib qoldi. Bundan taşqari, oltin narxining jahon bozoridagi ijobiy dinamikasi eksport hajmi qisqarişini qisman qoplaş imkoniyatini yaratdi”, - deyiladi ma'lumotda.

Ta'kidlanişiça, yuqoridagi omillar ta'sirida joriy operatsiyalar hisobi 434,2 mln. dollar (2019 yil 9 oyida 1,8 mlrd. dollar) hajmidagi defitsit bilan şakllandi. Şuningdek, savdo balansi (tovarlar va xizmatlar) va birlamçi daromadlar manfiy saldosi (4,2 mlrd. dollar) ikkilamçi daromadlar ijobiy saldosi (3,7 mlrd. dollar) hisobiga qisman qoplandi.

Moliyaviy hisobning manfiy saldosi 755 mln. dollarni taşkil etib, bu körsatkiç rezidentlarning moliyaviy majburiyatlari ortişi (6,1 mlrd. dollar) hamda rezidentlar tomonidan aktivlar qabul qilinişi (5,3 mlrd. dollar) oqibatida hosil böldi.

Özbekistonning sof xalqaro investitsion pozitsiyasi 2020 yil 1 oktabr holatiga 22,3 mlrd. dollarni taşkil etdi. Xalqaro investitsion pozitsiyaning iqtisodiyot sektorlari böyiça tahlili şuni körsatdiki, 2020 yil 9 oyi yakunlari böyiça davlat boşqaruvi sektori hamda boşqa sektorlar “sof kreditor” pozitsiyasini saqlab qolgan bölsa, bank sektori “sof qarzdor” pozitsiyasini egallab turibdi.