Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin MDH davlatlariga koronavirusga qarshi vaksinalarni birgalikda ishlab chiqarishni taklif qildi
Yaqin vaqt ichida Rossiyaning koronavirusga qarshi yangi vaksinalari paydo bo‘ladi. Bu haqda Vladimir Putin MDH sammitida aytib o‘tdi. Putin MDH davlatlariga aholini emlash va vaksinalarni birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha taklif bilan chiqdi.
Rossiya bunga qiziqish bildirgan MDH bo‘yicha sheriklarning barchasiga yordam ko‘rsatdi va ko‘rsatishda davom etadi, dedi Vladimir Putin. Koronavirus bo‘yicha tadqiqotlar 1,3 millionta test tizimlari va reagentlar taqdim etildi, ko‘plab MDH davlatlariga rossiyalik shifokorlar va epidemiologlar missiyalari yuborildi.
«Biz barcha Hamdo‘stlik mamlakatlariga Rossiya vaksinalari yordamida aholini emlash ishlarida yordam berishga tayyormiz», - dedi Putin. U vaksinalar ishlab chiqarishni birgalikda yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Rossiya ushbu ishga tayyor va bundan manfaatdor, deya qo‘shimcha qildi u.
«Bu bizning mamlakatlarimiz aholisi uchun juda muhimdir», - dedi Putin. U MDH doirasida millionlab fuqarolar chegaralar bo‘ylab harakatlanishini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026