Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp o‘z partiyadoshlarini qattiqqo‘lroq bo‘lishga va g‘alaba uchun kurashishga chaqirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi va uni kongress senatida bildiruvchi senatorlarni qattiqqo‘lroq bo‘lishga hamda prezident saylovlari natijalari uchun kurashishga chaqirdi.
“Senator Mitch Makkonnell, respublikachi senatorlar, siz qattiqqo‘lroq bo‘lishingiz lozim, yo‘qsa sizda Respublikachilar partiyasi boshqa bo‘lmaydi. Biz prezident saylovlarini katta ustunlik bilan yutdik. Buning uchun kurashing. Ularga bizdan g‘alabani o‘g‘irlashlariga yo‘l qo‘ymang”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Respublikachilarning senatdagi yetakchisi Mitch Makkonnell 15 dekabrda demokrat Jo Baydenni tabriklab, uning prezident saylovlaridagi g‘alabasini tan olgan.
14 dekabrda saylovchilar hay'ati ko‘pchilik ovoz bilan Baydenni prezident saylovlari g‘olibi deb topgandi. AQSh konstitutsiyasiga ko‘ra, saylovchilar hay'ati natijalari kongress tomonidan 2021 yil 6 yanvarda tasdiqlanishi lozim.
Amaldagi prezident hanuzgacha o‘z mag‘lubiyatini tan olmayapti va saylovlar natijalari bo‘yicha sud orqali da'volashishga urinishni davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
10:39 / 11.06.2026
Trampning tahdidi ortidan AQSh Eron bo‘ylab yangi zarbalar yo‘lladi
20:52 / 09.06.2026
Tramp NBA finalida hushtakbozlikka uchradi
09:13 / 09.06.2026