Hozirda bizda isitiş tizimining özi yöq desak taajjublanişingiz mumkin. Ammo faktlarga murojaat qilsak, amalda deyarli şunday bölib çiqmoqda. Misol uçun, Samarqand şahrida bugun mingdan ziyod köp qavatli uylarning faqat 54tasiga issiqlik beriladi, xolos. Kattaqörğon şahrida şu ham yöq. Boşqa viloyatlardagi ayrim şaharlarda ham xuddi şu muammo.
Bu yilgi kuz-qiş mavsumida tegişli taşkilotlarning barçasiga eng köp murojaatlar isitiş böyiça bölayotgani aniq. Oilasini sovuqdan asraş masalasi har ikki xonadon sohibidan birining oğir muammosiga aylandiki, muammo Senat va prezident tiliga tuşdi.
Mutasaddilar gaz va elektr ta'minotidagi uziliş va yetişmovçiliklar sababi haqda juda köp fikrlarni aytişmoqda. Biroq bu yetişmovçiliklarning asosiy sabablaridan biri — deyarli barça şaharlarda markazlaşgan issiqlik tizimi işdan çiqqani bilan boğliq.
Elektr tarmoqlari mas'ullaridan uzilişlar haqda sörasangiz «Agar iste'molçilar elektrdan faqat yoritiş va maişiy jihozlarni işlatiş uçun foydalansa, u hammaga yetadi», deydi. Tabiiy gaz tarmoğida ham şunga öxşaş fikrlar bir neça marta bildirildi: «Gaz aslida faqat ovqat pişiriş va çoy qaynatiş uçun...». Aslida bu gaplarda ham jon bor, ayniqsa, köp qavatli uylarda tabiiy gaz peçlari bilan uyni isitiş xavfli. Texnik tomondan mumkin ham emas. Ammo issiqlik ta'minotining özi bölmagaç, xalqda boşqa tanlovning özi qolmadi.
Darvoqe, aynan isitiş tizimi yöqligi uçun ham kunda-kunora qaysidir hududdagi xonadonda butun bir oila a'zolari is gazidan zaharlanib vafot etgani haqda eşityapmiz. Çunki yuqorida aytilganidek, uylar aslida issiqlik tarmoği orqali isitilişi kerak (edi).
Gaz va elektr yetişmasligi haqda har safar savol berilganda mutasaddilar bunga javoban oldingi yillardagiga qaraganda köproq tabiiy gaz va elektr berilayotganini aytişadi. Oldingidan köp berilayotgan bölsa-da, nega yetmayotganini endi tuşunayotgandirsiz? Öz vaqtida alohida e'tibor berilmagan, katta mablağ ajratilmagan, saqlab qolinmagan bu tizim bugun kommunal sohaning deyarli izdan çiqişiga sabab bölmoqda.
«Unutilgan», «e'tiborsiz qoldirilgan» kabi gaplar bilan hukm çiqarişning özi bölmaydi, albatta. Şuning uçun Samarqand şahri misolida issiqlik ta'minoti ahvoliga köz yugurtiramiz.

Siz suratlarda körib turgan issiqlik qozonxonasi 1962 yilda qurilgan. Bir vaqtlar mana şu inşootning özi Sartepadan Registongaça bölgan (şaharning qariyb yarmi) köp qavatli uylar va korxona taşkilotlarni issiqlik bilan ta'minlagan: 381ta köp qavatli uylardagi 22 mingga yaqin xonadon isitilgan. Yillar davomida issiqlik trassasi, içki tarmoqlar va inşootning özi eskirib işdan çiqa boşlagan, şunça davr mobaynida tarmoqlar deyarli yangilanmagani sababli isitiladigan uylar soni tobora qisqarib boravergan.

















