Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Boş prokuratura tomonidan tayyorlangan qonun loyihasi muhokama uçun joylaştirildi. Unga köra, Mehnat kodeksida manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş yoki uni bartaraf etiş yuzasidan öz vaqtida çora körmagan, jinoyat, şu jumladan, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar töğrisida xabar beriş majburiyatini bajarmagan xodimga nisbatan javobgarlik belgilaş nazarda tutilmoqda.

Uşbu qonun loyihasida mehnat şartnomasini iş beruvçining taşabbusi bilan bekor qiliş asoslari röyxati (Mehnat kodeksi 100-moddasining ikkinçi qismi)ni yangi band bilan töldiriş nazarda tutilmoqda. Unga binoan endilikda xodim manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş yoki uni bartaraf etiş yuzasidan öz vaqtida qonun hujjatlarida belgilangan çoralarni körmaganligi hamda jinoyatga, şu jumladan, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari töğrisida xabar beriş majburiyatini bajarmaganligi tufayli xodim bilan mehnat şartnomasi iş beruvçining taşabbusi bilan bekor qilinişi mumkin.

“Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonunda manfaatlar töqnaşuvi yuzaga kelganda, davlat organlari xodimlari özlarining bevosita rahbarini darhol xabardor qilişi kerakligi, bunday ma'lumotni olgan rahbar manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş yoki uni bartaraf etiş yuzasidan öz vaqtida çoralar körişi lozimligi belgilangan.

Şuningdek, mazkur Qonunning 26-moddasiga köra, davlat organlari xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etişga köndiriş maqsadida biror-bir şaxs özlariga murojaat etganligiga doir barça holatlar töğrisida, şuningdek, boşqa xodimlar tomonidan sodir etilgan şunga öxşaş huquqbuzarliklarning özlariga ma'lum bölib qolgan har qanday faktlari haqida öz rahbarini yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlarni xabardor qilişi lozim. Uşbu moddada yuqoridagi majburiyatning davlat organlari xodimlari tomonidan bajarilmaganligi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bölişi qayd etilgan.

Biroq uşbu majburiyatlarni bajarmaganlik uçun qonunçilikda biror-bir javobgarlik belgilanmagan edi. Yuqoridagi qonun loyihasi mazkur holatni bartaraf etiş, xodimlar mas'uliyatini yanada oşiriş, jamiyatda jinoyat, şu jumladan, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş maqsadida işlab çiqilgan.