Farğona neftni qayta işlaş zavodida işçilarga oylik tölaş bilan boğliq keçikişlar bölayotgani aytilyapti.

Kun.uz’ga murojaat qilgan FNQZ xodimining aytişiça, ularga 2 oydan beri iş haqlari tölanmayapti.

«3 mingdan ortiq işçi bor, ikki oydan beri bizga oylik berişmayapti. Rahbariyat jim, nima bölayotganini heç kim bilmaydi. Aslida maoşlar ham oz, ammo biz oylikni oşirişni emas, uning öz vaqtida berilişini sörayapmiz xolos», deydi murojaatçi.

Boşqa bir xodim ham yuqoridagi ma’lumotni tasdiqladi va iyun oyidan beri oylik berilmayotganini aytdi.

Kun.uz boğlangan FNQZ vakiliga köra, maoşlarni berişni boşlaş rejalaştirilgan. Keçikişlarga kredit bilan boğliq muammo sabab bölgani aytilyapti.

Avvalroq FNQZga egalik qiluvçi «Sanoat energetika guruhi» MÇJga aloqador Eriell va Enter Engineering kompaniyalari xodimlari ham bir neça marotaba videomurojaat yöllab, oylik tölaş bilan boğliq jiddiy muammolar borligini ma’lum qilgandi.

FNQZning xususiylaştirilişi

2022 yilning may oyida «Sanoat energetika guruhi» MÇJ (Saneg) FNQZning 100 foiz uluşini ayrim majburiyatlar bilan 100 mln dollarga xususiylaştirib olgandi. Şundan keyin zavod 2023 yilda 469,6 mlrd söm, 2024 yilda esa 236,1 mlrd söm sof foyda körgan. Ammo hamon FNQZning 58,5 foiz nazorat paketi Davaktiv ixtiyorida qolayotganiga qaraganda, 3 yildan beri kelişilgan pul davlatga töliq tölanmagan. Bitim qaçon yopilişi, tölov yana neça yilga çözilişi ma’lum emas. Bu vaqtda Saneg zavodning bir qismini 140 mln dollarga sotişga ham erişdi. Saneğda qarzga olingan zavodni qayta sotiş huquqi bölgan yoki bölmagani ma’lum emas.