Jahon | 17:27 / 19.12.2020
2488
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada yuz bergan yong‘in oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Yong‘in Gaziantep universitet hospitali shifoxonasining koronavirus bemorlari davolanayotgan intensiv terapiya bo‘limida sodir bo‘lgan.

Foto: Anadolu Agency

Turkiyaning Gaziantep shahridagi shifoxonada kislorod apparatining portlashi natijasida kelib chiqqan yong‘in to‘qqiz kishining umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda  Onado‘lu agentligi xabar berdi.

 Xabarda aytilishicha, yong‘in Gaziantep universitet hospitali shifoxonasining koronavirus bemorlari davolanayotgan intensiv terapiya bo‘limida sodir bo‘lgan.

 COVID-19dan davolanayotgan bemorlar boshqa shifoxonalarga ko‘chirilgan. 

Yong‘in qisqa vaqt ichida o‘chirilgani xabar qilinmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid