Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xato qilishdan qo‘rqmang». Sherzod Shermatov yoshlarga muvaffaqiyatli bo‘lish uchun tavsiyalar berdi
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov 18 dekabr kuni “Toshkent yoshlar forumi – 2020” doirasida tashkil etilgan “Ijtimoiy soha – 2030: ta'lim va sog‘liqni saqlash istiqbollari” sessiyasida yoshlar bilan uchrashdi.
Foto: Toshkent yoshlar forumi
O‘z chiqishi davomida vazir muvaffaqiyatga erishish borasida yoshlarga tavsiyalar berdi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
“O‘qigan, ko‘rgan, eshitgan narsalaringiz haqida fikrlang, tanqidiy yondashing. Fikrlaringizdan hosil bo‘lgan qiziqishlar ro‘yxatini tuzing. Qiziqishlaringizni imkoniyatlaringiz bo‘yicha saralang. Eng muhim hisoblagan yo‘nalishingizda erishishni istagan maqsadingizni qo‘ying. Maqsadga erishish uchun bosqich va muddatlarni o‘zingiz uchun belgilang. Xato qilishdan va avval belgilaganlaringizni o‘zgartirishdan qo‘rqmang”, dedi Shermatov yoshlarga qarata.
Xalq ta'limi vaziri muvaffaqiyatga erishish yashash joyi, ta'lim muassasasi kabi tashqi sharoitlarga bog‘liq emasligini aytib, asosiysi maqsadni to‘g‘ri qo‘yish ekanligini ta'kidladi.
“Muvaffaqiyatga erishishingizning yagona vositasi mavjud. Bu – sizning o‘zingiz”, dedi u.
Mavzuga oid
20:23 / 12.02.2026
“15 mln kishining ma’lumoti sotuvda turgani yo‘q” - Sherzod Shermatov
11:02 / 12.02.2026
Kiberhujumda 60 mingtaga yaqin shaxsiy ma’lumot tarqalgan – Sherzod Shermatov
17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi
14:40 / 24.10.2024