O‘zbekiston | 08:18 / 22.12.2020
4222
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Moskvada yangi elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi

2020 yil 21 dekabrda mamlakatning Rossiyadagi elchixonasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga xorijiy davlatlarning qarorgohi Moskvada joylashgan favqulodda va muxtor elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: TIV axborot xizmati

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga Nukpo Kleman Kiki (Benin), Greym Mixan (Avstraliya), Andreas Zinonos (Kipr), Ngo Dik Man (Vetnam), Brayan MakEldaff (Irlandiya), Klemens Kashuupulva (Namibiya), Yekaterina Nassika (Gretsiya), Si’alei Allegra van Tur (Yangi Zelandiya), Atanas Kristin (Bolgariya), Eytvidas Bayarunas (Litva), Migaxalande Durage Lamavans (Shri-Lanka) va Mark Mixilsen (Belgiya) ishonch yorliqlarini topshirdi.

A.Komilov tadbirda so‘zlagan nutqida elchilarni qutlab, ular faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir doirasida elchilari ishonch yorliqlarini topshirgan mamlakatlar bilan ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Siyosiy muloqot hamda savdo, investitsiyalar, moliya va turizm sohalaridagi amaliy hamkorlikni jadallashtirish, sanoatning turli jabhalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish zarurligi ta'kidlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid