Sut va sut mahsulotlari narxi oşayotganini Kun.uz muxbirlarining respublika böylab örganişlari ham tasdiqlaydi. 20 dekabr kungi narx-navolar haqidagi ma'lumotlarga köra, sut narxi Urganç va Jizzaxda 4 ming söm bölgani holda respublika böylab örtaça 5-6 ming söm atrofida, ayrim joylarda 8 ming sömgaça çiqib ketgani kuzatilgan.

Bu xom sut, ya'ni qadoqlanmagan, pişirilmagan va köp hollarda yoği olingan mahsulot narxlari. Ammo qadoqlangan mahsulotlarda nafaqat narx oşyapti, balki mahsulotning keskin tanqisligi ham kuzatilyapti.

Buning sabablarini örganiş uçun uyida çorvaçilik bilan şuğullanuvçilar, yirik çorvadorlar, tayyor mahsulot qadoqlovçilar va sotuvçilar bilan suhbatlaşdik.

Ma'lum bölişiça, sut qiymatining şakllanişi köp marta örganilgan göşt narxi muammolari bilan ayni bir xil ekan. Ya'ni xomaşyo yetkazuvçilarning aksariyati bir xil gapni takrorlaşdi – sigirni boqiş uçun yem, piçan qimmat. Zarur maydonlar yöqligi, ozuqa bazasi ğaribligi xomaşyo hajmiga salbiy ta'sir qiladi.

Sanjar Muhammedjanov, «Mehnat Agrofirmasi» MÇJ iş boşqaruvçisi:

– Bizda 970 boş qoramol, 2,5 mingta qöy bor. Har kuni örtaça 4700 litr sut topşiramiz. Biz odatda qişin-yozin sut narxini bir xil saqlaymiz, ya'ni yillik şartnomalarga köra işlaymiz. Çunki qişda sut iste'moli oşadi, yozda esa aksinça, sutga talab kamayadi, bunday paytlarda sutni uzoq saqlanişi mumkin bölgan mahsulotlar işlab çiqaruvçilariga topşiramiz.

Endi umuman sut narxi oşib borayotganiga kelsak, buning aniq sabablari bor va bular çorvaçilikni azaldan qiynab, rivojlanişiga tösqinlik qilib kelayotgan muammolardir. Bir boş qoramol uçun normativ böyiça 0,45-1 gektar suğoriladigan yer berilişi kerak. Mana, bizda şunça çorva bölaturib, 143 gektar yerimiz bor. Majburlikdan çetdan ozuqa sotib olamiz va bu tannarxga ta'sir qilmay qolmaydi.

Qolaversa, bayram faktori ham bor. Ya'ni yangi yil bayrami arafasida sutga bölgan talab keskin oşadi. Biz şartnoma böyiça bir maromda işlaganimiz bilan şaxsiy xöjalikda qoramol boquvçilar talabga köra narxni oşiradi.

«Evro Ekfin» MÇJ (Rash-Milk savdo belgisi), Husniddin Mamasiddiqov, xomaşyo va taşqi savdo menejyeri:

– Sut mahsulotlari qimmatligiga sabab, asosan, xomaşyolar tannarxi balandligida. Dunyo bozorida xom sut arzonligi sababi rivojlangan davlatlarda çorvaçilik mukammal rivojlangan. Ya'ni yer hajmiga nisbatan sut beruvçi qoramolning sut unumdorligi yuqori hisoblanadi.