Özbekistonda sut mahsulotlariga işlab çiqarişda tabiiy yoki quruq sutdan foydalanilganini körsatuvçi markirovka joriy etiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda 10 dekabr kuni oziq-ovqat sanoatidagi işlar va 2025 yilga möljallangan rejalar bilan tanişgan prezident bilan uçraşuvda söz borgan.

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida tadbirkorlar taklifiga köra quruq sut importiga çeklovlar olib taşlanişi rejalaştirilayotganini ma’lum qildi.

Unga köra, sut mahsulotlari işlab çiqarişni kengaytiriş uçun olti oy muddatda Namangan, Samarqand va Toşkent viloyatlarida sinov laboratoriyalarini taşkil etiş rejalaştirilgan. Bunday mahsulotlarni işlab çiqarişda tabiiy yoki quruq sutdan foydalanilgani töğrisida markirovkalaş amaliyoti yölga qöyiladi.

Vahobovning ta’kidlaşiça, qadoqda tabiiy sut yoki quruq sut işlatilgani haqidagi ma’lumot körsatilişi xaridorlarga ongli ravişda tanlaş imkonini beradi.

«Masalan, muzqaymoq va pişloq mahsulotlari quruq sutdan tayyorlansa, iste’molçi tabiiy va quruq sutdan tayyorlangan mahsulotlarni tanlaşi kerak. Prezidentimiz, birinçi navbatda, akkreditatsiyadan ötişi şart bölgan laboratoriya taşkil etiş vazifasini qöydi. Bu tizim örnatiladi, prezident taşabbusni qöllab-quvvatladi», — dedi u.

Bugungi kunga kelib mamlakatda tabiiy sut işlab çiqariş 13 million tonnaga yetdi, dedi SSP rahbari.