Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Tyurdenev: O‘zbekiston YeOIIda mustaqilligini yo‘qotishi haqidagi gaplar kulgili
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev respublika Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga kuzatuvchi sifatida qo‘shilganiga izoh berdi.
Rossiya elchisi so‘zlariga ko‘ra, ittifoqning to‘laqonli a'zolari ega bo‘lgan imtiyozlar yo‘q bo‘lishiga qaramay, Toshkentda iqtisodiyot uchun hech qanday majburiyat va xatarlarsiz YeOII faoliyatini ichkaridan o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi.
«Ha, respublika ovoz berish huquqiga va savdo imtiyozlariga ega emas. Ammo, ayni paytda, uning iqtisodiyoti uchun hech qanday xavf ham yo‘q. Bu yaqindan ko‘rib chiqish va tanlov qilish uchun imkoniyat. Agar vaziyatni baholasak, unda O‘zbekistonning asosiy savdo aylanmasi aynan YeOII mamlakatlari bilan bog‘liq ekanini, eng muhim transport yo‘laklari ittifoq hududidan o‘tishini, migratsiya yo‘nalishi muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rish mumkin. Har qanday holatda ham bu jarayon tez yuz bermaydi, bu faqat birinchi qadam», - dedi Vladimir Tyurdenev.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, skeptiklarning «YeOIIga integratsiyalashuv jarayonida mustaqillik yo‘qotilishi mumkin», degan bayonotlari haqiqiy ko‘rsatkichlar fonida kulgilidir.
«Ittifoqqa qo‘shilgan birorta ham davlat o‘z mustaqilligini yo‘qotmadi, aksincha, ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, bu ma'lum bir ishtirokchining miqyosiga qaramaydigan, hamma uchun bir xil bo‘lgan teng huquqli ittifoq», - deya qo‘shimcha qildi diplomat.
U Rossiya ham, YeOII boshqa a'zolari ham yangi a'zolarning integratsiyasi iqtisodiyot va ishlab chiqarish sohasiga zararli ta'sir ko‘rsatishidan manfaatdor emasligini ma'lum qildi. Bunday mintaqaviy loyihalarga qo‘shilish - bu ittifoq a'zolarining o‘zaro murosalari to‘plamidir.
«Shunga qaramay, YeOII nafaqat Rossiya, balki o‘z iqtisodiy sharoitlariga ega bo‘lgan bir nechta davlatlardan iborat. Masalan, Qirg‘izistonni, YeOIIga a'zo bo‘lgan vaqtida, iqtisodiyot darajasi bo‘yicha O‘zbekiston bilan taqqoslash qiyin. Bu shuni anglatadiki, ushbu bosqichda hamma bunday integratsiyadan nimani olishini aniq tushunishi kerak, shunda bu tomonlarning har biri uchun foydali bo‘ladi», - deya yakunladi Tyurdenev.
Mavzuga oid
22:33 / 29.05.2026
Putin Armanistonning Yevroittifoqqa intilishiga munosabat bildirdi
16:48 / 29.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirishning 5 ustuvor yo‘nalishini sanadi
09:13 / 28.01.2026
Qirg‘iziston Rossiya ustidan YeOII sudiga da’vo arizasi kiritdi
18:31 / 27.06.2025