2021 yildan barcha hududlarda ikki bosqichli patronaj tizimiga o‘tiladi - vazir
Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini yaxshilash va aholi tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha qanday ishlar qilinayotgani haqida ma'lumot berdi.
«Bu bo‘yicha hozir biz ilgari olib borgan patronaj tizimini qayta ko‘rib chiqdik. Ilgarigi umumiy, maqsadsiz patronajning o‘rniga hozir ikki bosqichli patronaj tizimini ishlab chiqib, yo‘lga qo‘ydik va birinchi navbatda bu yalpi xatlov patronaji bo‘lib, bunda asosiy vazifa – nafaqat aholining kasallanish ko‘rsatkichlari, birinchi navbatda salomatlik ko‘rsatkichlarini belgilash.
Bunda o‘zimizning antropometrik o‘lchovlar, aholining ovqatlanish rejimi, sog‘lom turmush tarziga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichlarni aniqlaymiz.
Ikkinchi yo‘nalish bu – ularning kasallanish ko‘rsatkichi. Ana shu asosida biz aholini 4ta xavf guruhiga bo‘lib olib, undan keyin har bir guruh bo‘yicha alohida ish olib boramiz.
Ikkinchi bosqichda maqsadli va manzilli patronaj tor mutaxassislarni jalb qilgan holda olib boriladi», – dedi vazir 2020 yil yakunlari bo‘yicha bergan intervyusida.
Uning ta'kidlashicha, mazkur shakldagi patronaj tizimi keyingi yilda barcha hududlarda yo‘lga qo‘yiladi.
«Hozirgi kunda prezident qarorlari asosida barcha hududlarimizda 26ta tuman va shahar belgilab olindi. Ularda ish boshlab yuborilgan. Shu yilning oxirigacha yakuniga yetkazilyapti.
Ulardan tashqari, davlat rahbari tashriflarida belgilangan, bu – Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida barcha fuqarolarni ana shu patronajdan o‘tkazishni amalga oshirib, hozirgi kunda nihoyasiga yetkazilyapti.
Keyingi yildan bu patronaj mamlakatimizning barcha hududlarida amalga oshiriladi va ikkinchi bosqichi – maqsadli, manzilli patronajga o‘tiladi. Bu – xalqimizning, har bir fuqaroning salomatligi to‘g‘risida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lib, salomatligini saqlash, kerak bo‘lsa, tiklash uchun ish olib borishimizga imkoniyat yaratadi», – dedi vazir.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

09:57 / 06.05.2022
Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etildi

20:14 / 05.05.2022
Buloqboshi tumanida tug‘ruq jarayonidagi chaqaloq o‘limi bo‘yicha mas’ullar lavozimidan ozod etildi

19:30 / 05.05.2022
O‘zbekistonda tez yordam chaqiruvlari rivojlangan davlatlardagidan 6-7 baravar ko‘pligi aytildi

19:22 / 05.05.2022