Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand va Qoraqalpog‘istonda ikki kishi sovuqdan halok bo‘ldi
Dekabr oyida O‘zbekistonda kamida ikki kishi sovuq qotib halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining «Postda» nashri xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 6 dekabr kuni bedarak yo‘qolgani uchun qidiruvga berilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumani Sarishingul ovulida yashagan, 1991 yilda tug‘ilgan N.R.ning tashqi ko‘rinishidan jarohatsiz jasadi Kulab ovulidan topilgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, u «tananing umumiy sovuq qotishi»dan halok bo‘lgan.
Xuddi shunday holat Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida ham yuz bergan. Shu yil 17 dekabrdagi ma'lumotga ko‘ra, «Farovon Yo‘ldoshobod» MFY hududida joylashgan «Agrosanoat» MChJga tegishli dala maydonidan Osiyo millatiga mansub, 30–35 yoshlardagi noma'lum erkak kishining tashqi ko‘rinishidan jarohatsiz jasadi topilgan.
Sud-tibbiy ekspertizasi u ham «tananing umumiy sovuq qotishi»dan vafot etganini ko‘rsatgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida jasadning shaxsi aniqlangan. U Narpay tumanida yashagan, 1990 yilda tug‘ilgan N.V. ekani ma'lum bo‘lgan.
«Ayni paytda har ikki holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026