Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlik kelishilgan o‘yinlarda qatnashgan tennischi Temur Ismoilov haqida ma'lumot berdi
O‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilov kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun 7 yilga sportdan chetlatilgandi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ushbu holat yuzasidan bayonot berdi.
«Temur Chingizovich Ismoilov 1995 yil 14 yanvarda tug‘ilgan. 2013 yildan 2017 yilgacha O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. O‘sha yili oilasi bilan birga doimiy yashash uchun AQShga ko‘chib ketganligi sababli terma jamoa safidan chiqarilgan.
T.Ismoilov haligacha AQSh fuqaroligini olmagani bois Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) hamda professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATR) tasnifiga kiruvchi musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida qatnashib kelgan.
Bugun, 2020 yil 23 dekabr kuni tennis o‘yinlarini tekshirishga mas'ul bo‘lgan Tennis Integrity Unit tashkiloti T.Ismoilovning ITF hamda ATR tasnifidagi turnirlarda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun 7 yilga sportdan chetlatilgani haqidagi qarorini matbuotda e'lon qildi.
Ayni paytda Temur Ismoilov tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi sifatida ro‘yxatda turmasligini ma'lum qilamiz», deyilgan vazirlik bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, diskvalifikatsiya haqidagi qarorda Ismoilov uch marotaba – 2014, 2015 va 2019 yillarda kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani aytilgandi.
Tennischining ATP reytingida eng yuqori pozitsiyasi 756-o‘rin bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:48 / 15.12.2025
Tennis: Rahimova va Timofeyevadan keyin Kudermetova ham O‘zbekistonga o‘tdi
19:00 / 08.12.2025
O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan rossiyalik tennischi WTA 125 turniri g‘olibi bo‘ldi
18:18 / 21.10.2025
Rossiyalik tennischi Mariya Timofeyeva O‘zbekiston sharafini himoya qiladi
23:10 / 20.02.2025