Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik tennischi kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani uchun 7 yilga diskvalifikatsiya qilindi
Foto: AFP /Manjunath KIRAN
25 yoshli o‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilov korrupsiyaga qarshi dastur qoidalarini buzgani uchun 7 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Tennis Integrity Unit saytida xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, sportchining kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani aniqlangan. Diskvalifikatsiyadan tashqari, Ismoilov 12 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi.
Endi unga barcha tennis musobaqalarida qatnashish taqiqlanadi. Surishtiruvda aniqlanishicha, Ismoilov uch marotaba - 2014, 2015 va 2019 yillarda kelishilgan o‘yinlarda qatnashgan.
Surishtiruv tafsilotlariga aniqlik kiritilmagan. Biroq, tegishli tadbirlar davomida Temur Ismoilov surishtiruv ishlariga yordam berishdan bosh tortgan.
Diskvalifikatsiya 2020 yil 18 dekabrda boshlanadi. ATP reytingida Ismoilovning eng yuqori pozitsiyasi 756-o‘rin bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:48 / 15.12.2025
Tennis: Rahimova va Timofeyevadan keyin Kudermetova ham O‘zbekistonga o‘tdi
19:00 / 08.12.2025
O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan rossiyalik tennischi WTA 125 turniri g‘olibi bo‘ldi
18:18 / 21.10.2025
Rossiyalik tennischi Mariya Timofeyeva O‘zbekiston sharafini himoya qiladi
23:10 / 20.02.2025