Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Pfizer vaksinasiga kuchli allergik reaksiya paydo bo‘lishi bo‘yicha navbatdagi holat tekshiriladi
AQShning Nyu-York shahrida mutaxassislar Pfizer va BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinasiga kuchli allergik reaksiya paydo bo‘lishi bilan bog‘liq navbatdagi holatni tekshirishmoqda. Bu AQShda qayd qilinayotgan bunday 7-holatdir.
Newsweek nashri ma'lumotlariga ko‘ra, shaharda 30 mingdan ko‘proq kishi koronavirusga emlangan. Ushbu vaksina kiritilgandan keyin tibbiy xodimda kuchli allergik reaksiya paydo bo‘lgan. Bu Nyu-Yorkdagi bunday birinchi va AQShdagi 7-holat hisoblanadi.
“Vaksinalar qo‘llanishi ikkilamchi ta'sirlarga va allergik reaksiyalar paydo bo‘lishiga olib keladi, bunday holatlar uchrab turadi”, deb tushuntirilgan shaharning sog‘liqni saqlash boshqarmasida. U yerda ta'kidlanishicha, vaksinani ishlab chiqqan kompaniyalar bunday holatlar kamdan kam bo‘lsa-da, biroq bo‘lib turishini yashirmaganlar. Tegishli ogohlantirishlar vaksinaning sertifikatida ham keltirilgan.
Mutaxassislarning fikricha, allergik reaksiyani nafaqat Pfizer vaksinasi, balki Moderna vaksinasi tarkibiga kiruvchi polietilenglikol nomli kimyoviy modda keltirib chiqarishi mumkin.
11 dekabrda AQShning mutasaddi idoralari Pfizer/BioNTech vaksinasini qo‘llashga ruxsat bergan. AQShning sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vaziri Aleks Azar dekabr oxirigacha 20 mln, yanvar oxirigacha esa 50 mln amerikalik ushbu vaksinani olishiga umid bildirgan.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026