Efiopiyalik harbiylar Sudan armiyasiga qarshi yirik amaliyot o‘tkazdi
Efiopiyaning qurollangan guruhlari milliy armiya ko‘magida Efiopiya va Sudan chegarasida sudanlik harbiylarga qarshi katta ko‘lamli hujumni amalga oshirdi. Bu haqda Sudan armiyasidagi manbalarga tayanib Al-Masdar News nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, amaliyot oxirgi kunlar davomida hududda yuz bergan bir qator to‘qnashuvlardan keyin o‘tkazilgan. Ta'kidlanishicha, amaliyot davomida Sudan armiyasining chegaradagi Al-Fasha va Al-Sagra tumanlaridagi pozitsiyalari hujumga uchragan.
Ma'lum qilinishicha, hujum vaqtida efiopiyalik guruhlar og‘ir artilleriya qo‘llagan. Jangovar harakatlar vaqtida halok bo‘lganlar va yaralanganlar haqida ma'lumot berilmagan.
O‘tgan hafta ham Sudan armiyasi Efiopiya kuchlari hujumi oqibatida yo‘qotishlarga uchraganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, sudanlik harbiylar Sudandagi aholi punkti yaqinida efiopiyalik ayirmachilar pistirmasiga duch kelgan. O‘shanda bir necha harbiy halok bo‘lgan va harbiy texnikaga zarar yetgan.
Al-Masdar News’ning ta'kidlashicha, 19 dekabrda Sudan Efiopiya bilan chegaradosh Al-Qadarif viloyatiga qo‘shimcha kuchlar tashlagan. Rejaga ko‘ra, sudanlik harbiylar Efiopiya tomonidan bosib olingan yerlarni qaytarishga urinib ko‘rishlari kerak bo‘lgan.
Mavzuga oid
00:36 / 19.11.2024
Rossiya BMTning Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
14:30 / 04.11.2024
Sudanda vabo epidemiyasi 852 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
20:57 / 31.10.2024
Sudanda 130 ayol jinsiy zo‘ravonlikdan qutulish uchun o‘z joniga qasd qildi
22:43 / 21.10.2024