12:39 / 24.12.2020
6559

Misrning O‘zbekistondagi elchisi tayinlandi

2020 yil 24 dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Misrning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Amira Fahmiyni qabul qildi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olib, elchini O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi va mas'uliyatli diplomatik missiyani bajarishda muvaffaqiyat tiladi.

Suhbat chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston – Misr munosabatlarining hamda BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada faollashtirish istiqbollari bo‘yicha hamda turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Top