22:31 / 24.12.2020
6050

Qoraqalpog‘istonda 253 talabaning bir yillik shartnoma puli to‘lab berildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 14 dekabrdagi qarori bilan to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan 253 nafar talabaning 2020-2021 o‘quv yilidagi 1,5 mlrd so‘mdan ziyod shartnoma puli to‘lab berildi.

Foto: Maqsad Habibullayev

Kun.uz’ning Qoraqalpog‘istondagi muxbiri Shuhrat Saidahmadovning bergan xabariga ko‘ra, marosimda talabalarga sertifikatlarni Jo‘qorg‘i Kenges raisi Murat Kamalov shaxsan o‘zi topshirgan. 

Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, sertifikat topshirilgan talabalarning barchasi Nukusda o‘qishadi. Jumladan, Nukus davlat pedagogika institutining 103 nafar talabasi; TATU Nukus filiali, Navoiy davlat konchilik institutining Nukus filiali, O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Nukus filiali, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tahsil olyotgan jami 51 nafar talaba; Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti hamda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialining 49 nafar talabalariga bir yillik shartnoma pullari to‘lab berilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu shartnoma pullari faqatgina ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga bir yillik muhlat uchun to‘lab berildi. Mablag‘lar mahalliy budjet hisobidan ajratilgan.

Top