20:00 / 24.12.2020
8270
Reklama

Toshkentdagi Britaniya Menejment universiteti qabulni davom ettirmoqda va ish beruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkentdagi Britaniya Menejment Universiteti 2020 yilning kuzgi semestriga o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun bahorgi semestrga qabulni ochiq deb e'lon qiladi. Yangi qabul qilingan talabalar 2021 yil 11 yanvarda o‘qishni boshlaydilar va 2021 yil bahorgi semestr tugagandan so‘ng, ular 2020 yil kuzgi semestrda o‘qishni boshlagan talabalar bilan bir xil akademik darajaga erishish uchun Yozgi semestr (iyuldan avgustgacha) o‘qishni davom ettiradilar. Bahorgi semestr uchun qabul 2020 yil 31 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi. 

Ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Universitet turli davlat idoralari va tijorat tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash tashabbusini amalga oshirmoqda. Shu jumladan, 11 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, 16 dekabr kuni Navoiy viloyati va Navoiy shahar hokimiyati bilan, 18 dekabr kuni Samarqand viloyat hokimiyati bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Universitet rahbariyati va Navoiy viloyati hokimiyati vakillari. Manba: universitet matbuot xizmati
Universitet rahbariyati va Samarqand viloyati hokimiyati vakillari. Manba: universitet matbuot xizmati

Ushbu hujjatlarni imzolashning asosiy maqsadi iqtisodiyotning turli sohalarida malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, Universitet bitiruvchilariga xalqaro va mahalliy kompaniyalarda ish topishda yordam berishdan iborat.

Shuni ta'kidlash kerakki, sifatli oliy ma'lumotlilikni va ingliz tilini o‘rganishni targ‘ib qilish Universitet ishining ajralmas qismidir. Shu munosabat bilan Universitet umumta'lim maktablarida viloyat darajasida ingliz tilida interaktiv mashg‘ulotlar olib boriladi.

Navoiy shahridagi maktablarning birida interaktiv taqdimot. Manba: universitet matbuot xizmati
Samarqand viloyatida maktabda interaktiv taqdimot. Manba: universitet matbuot xizmati

Shuningdek, 2020 yil 15-21 dekabrgacha Universitet jamoasi Navoiy, Samarqand va Zarafshon shaharlaridagi umumta'lim maktablarida interaktiv darslar o‘tkazdilar. Universitet tomonidan rektor janob Konrad Ozog (Buyuk Britaniya), prorektor janob Yuriy Loktionov (Rossiya/AQSh), ingliz tili o‘qituvchilari Maria Delane (AQSh) va Amira Xusseyn xonim (Buyuk Britaniya) qatnashdilar.

Ma'lumot uchun: Universitet o‘quv dasturi talabalarni bank ishi va moliya, xalqaro moliyaviy buxgalteriya hisobi va audit, biznes boshqaruvi (loyiha boshqaruvi, xalqaro logistika, raqamli marketing, tadbirkorlik, turizm va mehmonxona boshqaruvi sohalarida innovatsiyalar) kabi talabi yuqori mutaxassisliklar bo‘yicha ta'limni o‘z ichiga oladi. 

Universitet haqida qo‘shimcha ma'lumotlar olish uchun:

Telefon: +998-95 511-99-99

Sayt: www.bmu-edu.uz

Instagram: @bmuedu

Telegram-bot: t.me/BMUedubot

Facebook: fb.com/bmuedu

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top