COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olgan holda, universitet 2020 yil kuzda o‘qishni boshlay olmagan abituriyentlar uchun bahorgi semestrga qabul e’lon qiladi.
Yangi ro‘yxatdan o‘tgan talabalar 2021 yil 11 yanvarda o‘qishni boshlaydi va 2021 yil iyun oyida bahorgi semestr tugagandan so‘ng ular yilni yakunlash uchun zarur fanlarni yozgi maktabda (2021 yil iyul–avgust oylari) o‘qishni davom ettirishadi.
2020 yil kuzgi semestrda boshqa OTMda tahsil olgan talabalarning ilgari o‘rgangan fanlari bilan o‘tish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Shunday qilib, boshqa universitetdan o‘tish istagidagi talabalar yozda qo‘shimcha fanlarni o‘qishlari shart emas (agar qabul komissiyasi o‘tilgan fanlarni va dars soatlarini Britaniya menejment universiteti 1-semestr fanlariga mos keladi, deb hisoblasa).

Britaniya menejment universiteti bahorgi semestrga (2021 yil yanvar–iyun) kirish uchun sizga quyidagilar kerak:
1. IELTS sertifikati minimal ball bilan ≥ 5,5 (yoki ekvivalent);
2. Universitet tomonidan o‘tkazilgan ≥ 50% natija bilan matematikadan test sinovlari.
Britaniya menejment universiteti dunyoning istalgan mamlakatida raqobatdosh mutaxassis bo‘lishga imkon beruvchi ta’lim yo‘nalishlarini taklif etadi.
Universitet quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha talabalarni tayyorlaydi:
· bank va moliya
· xalqaro moliyaviy buxgalteriya hisobi va audit;
· quyidagi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha biznes boshqaruvi:
— loyiha boshqaruvi;
— xalqaro logistika;
— raqamli marketing;
— tadbirkorlik va innovatsiyalar (turizm va mehmonxonalarni boshqarish sohasida)
Hujjatlar onlayn tarzda 2020 yil 31 dekabrgacha qabul qilinadi.
Buning uchun https://bmu-edu.uz havolasi orqali o‘tib, APPLY NOW'ni bosing.









