2019 yil dekabrida Toşkent metrosining Yunusobod liniyasi qurilişida halokat röy berib, tuproq bosib qolişi oqibatida 6 kişi halok bölgan edi. Fojia röy berganiga bir yil tölgan kun – 2020 yil 18 dekabrida Kun.uz halokatga oid jinoyat işi böyiça jamoatçilikka ma'lumot berilmagani haqida maqola e'lon qilgandi.
Ma'lum bölişiça, halokat aybdorlariga jazo tayinlanmagan.
Kun.uz Boş prokuraturadan olgan ma'lumotga köra, uşbu jinoyat işi 2020 yil 18 mart kuni, ayblilik masalasini hal qilmasdan turib tugatilgan.
Dastlabki tergovni Toşkent şahar prokuraturasi ötkazgan bölib, holatga aniqlik kiritiş maqsadida quriliş-texnik sud ekspertizasi tayinlangan.
Ekspertiza xulosasiga köra, yerosti metro bekatining tunneli öng tomonidagi temir-beton konstruksiyasi qulab tuşişiga sabab – tunnelni oçiq usulda kavlaşda texnika xavfsizligi qoidalari buzilgan va quriliş işlari sifatsiz bajarilgan.
Bu esa quyidagi mas'ul şaxslarning jarayonni yetarliça nazorat qilmagani oqibati deb topilgan:
- «Köprik quriliş invest» UK 67 raqamli quriliş otryadi boşliği örinbosari Otabek Alimov;
- otryad iş yurituvçisi Saidbek Bobojonov;
- otryadning quriliş böyiça ustasi Salohiddin Aşurov;
- «Toşkent metropoliteni» UKning «Toşkent metropoliteni liniyalarini quriş direksiyasi» iş yuritiş bölimining quriliş-montaj işlari böyiça boş inspektori Bahodir Muhamadrahimov.
Ma'lum qilinişiça, uşbu şaxslar prokuraturaga murojaat qilib, aniqlangan qoidabuzarliklar ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilganini inobatga olişni va özlariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işini ayblilik töğrisidagi masalani hal qilmay turib tugatişni söragan.
Qayd etiş lozim, jinoyat işi JKning 257-moddasi 2-qismi «a» bandi (Texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilişning boşqa qoidalarini şu qoidalarga rioya etilişi uçun mas'ul bölgan şaxs tomonidan buzilişi odam ölimiga sabab bölsa) va












