Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosi bir kunda o‘rtacha 753 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida metropoliten orqali jami 205,7 mln nafar yo‘lovchi tashildi. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 14,4 mln nafarga yoki 7,5 foizga ko‘p.
Foto: Kun.uz
Qo‘mita qayd etganidek, joriy yilning to‘qqiz oyida metro xizmatlaridan foydalanish hajmi ortib bordi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur davrda metropolitenda kunlik o‘rtacha 753,5 ming nafar yo‘lovchi tashilgan (205,7 mln / 273 kun). Bu ko‘rsatkich shahar jamoat transportiga bo‘lgan talab barqaror o‘sishda ekanini anglatadi.
Mutasaddilar fikricha, yo‘lovchi oqimining ko‘payishi infratuzilmaning yangilanishi, harakat jadvali takomillashuvi hamda to‘lov tizimlarining raqamlashuvi bilan izohlanadi.
Mavzuga oid
10:05
Yirik korxonalar traktor ishlab chiqarishni oshirdi
15:46 / 16.01.2026
O‘zbekistonda ko‘p bolali uy xo‘jaliklari ulushi keskin ko‘tarildi
13:39 / 16.01.2026
Hududlar kesimida elektr uskunalar ishlab chiqarish: Toshkent shahri birinchi o‘rinda
10:42 / 16.01.2026