Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagonda Trampning harbiy holat e'lon qilishi mumkinligiga tayyorlanishmoqda
Pentagondagi ba'zi amaldorlar AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp mamlakatda harbiy holat e'lon qilishi holatiga armiyaning xatti-harakatlarini muhokama qilishmoqda. Bu haqda Newsweek nashri xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, oliy harbiy amaldorlar Tramp saylangan prezident Jo Baydenga hokimiyatni topshirishga xalaqit qilish uchun o‘z tarafdorlarini ko‘chalarga olib chiqishi mumkinligini istisno qilishmayapti. Shuningdek, Vashingtonga inauguratsiya va o‘tish vaqtida tartibni ta'minlash uchun armiyani kiritish haqida buyruq olinishi holatiga rejalar tuzilmoqda.
Ta'kidlanishicha, bunday rejalarni tuzishda Trampni xushlamaydigan generallargina ishtirok etmoqda. Amaldagi prezidentning tarafdorlari va Oq uy esa bu rejalardan bexabar.
AQShda pandemiya sababli kiritilgan favqulodda holat rejimi sababli Trampga qo‘shimcha vakolatlar berilgan. Shu sababli generalitet Tramp tarafdorlari uni noqonuniy xatti-harakatlar sodir etishga undashi va Pentagon bu siyosiy inqirozga jalb qilinishi mumkinligidan xavotirlanmoqda.
23 dekabrda Tramp mamlakatni boshqarish bo‘yicha vazifalarini deyarli bajarmay qo‘ygani va barcha e'tiborini saylovlar natijalarini bekor qilishga qaratayotgani ma'lum qilingandi. Jumladan, Oq uy rahbari mamlakat bo‘ylab koronavirus rekord ko‘rsatkichlar bilan tarqalayotganiga qaramay, davlat ishlariga e'tibor qaratmay qo‘ygan.
Shuningdek, 17 dekabrda Tramp bir necha maslahatchilariga Oq uyni tark etmasligini va Baydenning inauguratsiyasi vaqtida ham qarorgohida qolishini aytgan. Amaldagi prezidentning o‘zini bunday tutishiga qaramay, uning atrofidagilar prezident o‘z vakolatlarini tinch va o‘z muddatida topshirishiga ishonch bildirishmoqda.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026