Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qarindoshining pasportini yoqib yuborgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Toshkent shahrida qarindoshining pasportini yoqib yuborgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Olmazor tumani ichki ishlar organlariga 45 yoshli Ravshanbek T. murojaat qilgan.
Ravshanbek T.ning so‘zlariga ko‘ra, 21 noyabr kuni jiyani, 28 yoshli Sanjar T. janjal oqibatida uning pasportini gaz plitasida yoqib yuborgan.
Qayd etilishicha, mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 227-moddasi (“Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
13:28 / 11.04.2026
Xodimlarga daydi topishni buyurgan Olmazor tumani IIB amaldori ishdan olindi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
22:00 / 15.03.2026