Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Rossiya «Pasport-viza xizmati» va Moskvaning «Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi» filiallari ochiladi
O‘zbekiston fuqarolari Rossiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi «Pasport-viza xizmati» hamda Moskva shahrining «Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi» xizmatlaridan Toshkentda ham foydalanishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi «Pasport-viza xizmati» hamda Moskva shahrining «Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi» o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlari imzolandi. Ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiyaga tashrifi doirasida hal qilingan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu hujjatlarni imzolashdan maqsad Rossiya hududida ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining tashkillashtirilgan holda chiqish jarayonlarini soddalashtirishdan iborat.
«O‘zbekiston tomonidan hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muhitdinov, Rossiya tomonidan «Pasport-viza xizmati» rahbari o‘rinbosari P.Karpovets va «Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi» bosh direktori S.Baldin imzoladilar», — deyiladi xabarda.

«Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi» Moskva va Rossiya bo‘ylab mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsat olish uchun kompleks xizmatlarni ko‘rsatadigan vakolatli tashkilot hisoblanadi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyaga tashrifi doirasida Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan uchrashuvda patent olishda talab etiladigan OITS tahlili, sifilis, flyuorografiya, qon tahlili, psixotrop moddalar tahlili kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tibbiy ma'lumotnomani O‘zbekistonda olishni joriy etish yuzasidan vakolatli markazlar ochishning tashkiliy masalalari muhokama etilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasining «Yurinvestxolding» kompaniyasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Rossiya hududidagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilingan.
Rossiya Federatsiyasining 7 ta hududida O‘zbekiston fuqarolari uchun kasbiy malaka va rus tilini o‘qitish dasturini rivojlantirish hamda 2021 yilda ushbu kurslarga jalb etiladigan fuqarolar qamrovini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026