11:00 / 26.12.2020
18147

Beeline Uzbekistan: yangi yilda abonentlar uchun sovg‘a!

2020 yilgi sahifani yopib, yangisini ochishimizga juda oz vaqt qoldi. O‘tayotgan yil yakunlarini va yaqin kelajakdagi rejalarni sarhisob qilar ekanmiz, hayotning ko‘plab sohalarida shiddatli va shu bilan birga qiziqarli ishlarga boy bo‘lgan qiyin yil bo‘lganini ta'kidlamoqchimiz.

2020 yil Beeline Uzbekistan uchun oson bo‘lmadi, ammo ishonch bilan aytishimiz mumkinki, biz vaqt talablari va faoliyatdagi qiyinchiliklarni yengdik. O‘tgan yil davomida ko‘p ishlar qilindi, hali ko‘p ishlar qilinishi kerak! Va biz allaqachon bu yo‘nalishdagi ishlarni boshladik. Yangi tariflar, xizmatlar, xizmatlarni takomillashtirish va boshqalar! Biz o‘z abonentlarimizni qadrlaymiz va ularning oila a'zolari va do‘stlari bilan doimo aloqada bo‘lishlarini ta'minlash uchun barcha ishlarni qilishda davom ettirmoqdamiz. Shunga qaramay, ayniqsa hozirda, har doim internet maydonida bo‘lish juda muhim, chunki mamlakatda va dunyodagi so‘nggi voqealardan xabardor bo‘lish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lish bugungi kunda odatiy holga aylangan.

Har bir abonent hayotida smartfon o‘chirilgan yoki batareyasi zaryadsizlangan, shuningdek u yoki bu sababga ko‘ra abonent uyali aloqa tarmog‘ining qamrovidan tashqarida bo‘lishi mumkin, shu tufayli abonentga ulanish imkoniyati bo‘lmaydi. Natijada, oilaviy tadbirni yoki ish yuzasidan muhim muzokaralarini o‘tkazib yuborish xavfi mavjud.

Biz har bir qo‘ng‘iroq qanchalik muhimligini tushunamiz va shuning uchun yangi yil bayramida yoqimli sovg‘a orqali abonentlarimizni xursand qilishga qaror qildik. Biz xushxabarni baham ko‘rishga shoshilmoqdamiz – 2021 yil 4 yanvardan boshlab «Xabardor bo‘l» xizmati barcha Beeline Uzbekistan kompaniyasi abonentlari uchun tarif rejalari doirasida alohida to‘lov olinmasdan taqdim etiladi!

Eslatib o‘tamiz, «Xabardor bo‘l» xizmati – bu abonentga telefon zaryadsizlanganda yoki tarmoq qamrovidan chiqqanda, kiruvchi qo‘ng‘iroqlar to‘g‘risida SMS orqali xabar beradigan xizmatdir. Xizmat abonentlarga kirish qo‘ng‘irog‘iga javob bera olmagan bo‘lsangiz, kim va qachon siz bilan bog‘lanmoqchi bo‘lganligi to‘g‘risida to‘liq ma'lumotni o‘z vaqtida olish uchun qo‘shimcha qulaylikni nazarda tutadi.

Xizmatni yoqish uchun *110*051# qo‘ng‘iroqni terish kifoya.

«Xabardor bo‘l» xizmati bilan siz bitta ham muhim qo‘ng‘iroqni o‘tkazib yubormaysiz!

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/uzbeelineuzb

Twitter: twitter.com/beeline_uz

Reklama huquqi asosida

Top