Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyat kodeksi voyaga yetmagan shaxsni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlikni belgilovchi modda bilan to‘ldiriladi
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Jinoyat kodeksi 148-3-modda bilan to‘ldirilishi mumkin. U voyaga yetmagan shaxsni majburiy mehnatga jalb qilish bilan bog‘liq.
Voyaga yetmagan shaxsni uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarga majburiy jalb qilish - BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat voyaga yetmagan shaxsning sog‘lig‘iga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa - 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat voyaga yetmagan shaxsning sog‘lig‘iga og‘ir shikast yetkazilishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa - 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 216-1-moddasi voyaga yetmagan shaxsni O‘zbekistonda g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi ikkinchi qism bilan to‘ldirilmoqda.
Mazkur moddaga bunday qo‘shimcha normaning kiritilishi voyaga yetmagan shaxslarni g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalariga jalb qilish uchun keskin choralar ko‘rish orqali voyaga yetmaganlarning mazkur jinoyatlar qurboni bo‘lishi xavfining oldini olishga, ular manfaatlari davlat tomonidan kafolatli himoyalashni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
21:14 / 14.04.2026
Bezorilik jinoyati uchun jazo og‘irlashtiriladi
15:46 / 06.03.2026
Qibrayda taqiqlangan dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi
21:22 / 28.02.2026
Surxondaryoda o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish topshirig‘ini bergan “zamhokim” ishdan olindi
13:35 / 28.02.2026