Jarqörğon tumani hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari Anvar Rajabov öqituvçilardan pul yiğiş böyiça topşiriq bergan. Hokimlik axborot xizmati tumandagi 33-umumta’lim maktabida kuzatilgan holat böyiça ötkazilgan örganiş natijasini ma’lum qildi.
Hokimlik rasmiy munosabatiga köra, örganiş jarayonida ayrim mansabdor şaxslar tomonidan belgilangan tartiblarga zid ravişda topşiriq berilgan holat aniqlangan. Xususan, tuman hokimi örinbosari Anvar Rajabov tomonidan amaldagi qonunçilik talablariga mos kelmaydigan körsatma berilgani tasdiqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan belgilangan tartibda navbatdagi intizomiy jazo çorasi qöllandi. Şuningdek, mansabdor şaxsdan kelgusida bu kabi qonunbuziliş holatlariga yöl qöymaslik, xizmat vakolatlarini amalga oşirişda qonuniylik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy rioya etiş böyiça tuşuntiriş xati olindi hamda rasmiy ogohlantiriş berildi.
Har qanday xayriya va ehson tadbirlari faqat ixtiyoriylik asosida, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar doirasida amalga oşirilişi şart”, deyiladi munosabatda.
Kelgusida bunday holatlarning oldini oliş maqsadida barça mas’ul rahbar va mansabdor şaxslar bilan qöşimça tuşuntiriş işlari olib borilayotgani hamda içki nazorat kuçaytirilgani bildirilgan.
Hokimlik öz rasmiy munosabatida Anvar Rajabovga qanday intizomiy jazo qöllanganini oçiqlamagan. Şuningdek, hokimlikning rasmiy munosabati uç marta tahrirlanib, undan hokim örinbosari Anvar Rajabovning ismi olib taşlandi.
Kun.uz avvalroq Jarqörğon tumanidagi 33-umumta’lim maktabida öqituvçilardan majburiy pul yiğiş böyiça topşiriq berilgani haqida xabar qilgandi. “Hozir menga hokim örinbosari Anvar Rajabov telefon qildi. Ertaga ertalab soat 9:00 gaça 1 mln pulni hokimiyatga olib borib berişimiz kerak ekan! Darsim yöq edi, xabarim yöq edi demanglar”, deya yozgan maktab direktori Oysara Uzoqova öz topşiriğida.












