Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning koronavirusga qarshi kurashdagi asosiy xatosi aytildi
Entoni Fauchining qo‘shimcha qilishicha, virusga qarshi choralarning, xususan, niqob taqishning siyosiylashtirilishi ham mamlakatning andemiyaga qarshi kurashishiga salbiy ta'sir ko‘rsatdi.
Foto: AFP
Alohida shtatlarning harakatlaridagi nomuvofiqlik va koronavirusga qarshi kurashda yagona yondashuvning yo‘qligi AQShning pandemiyadan boshqa mamlakatlarga nisbatan kuchliroq jabr ko‘rishiga olib keldi. AQShning bosh infeksionisti Entoni Fauchi ana shunday fikr bildirdi, deb xabar bermoqda CNN.
Fauchining ta'kidlashicha, pandemiya shtatlar orasidagi chegarani bilmaydi, shuning uchun unga qarshi kurash choralarida muayyan bog‘liqlik talab qilinadi. Ammo uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim shtatlar harakatlarida sezilarli tafovutlar ko‘zga tashlandi va virus tarqalishini to‘xtatishda yagona yondashuv bo‘lmadi.
«Qo‘shma Shtatlarning eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakatga aylanishiga ko‘plab omillar sabab bo‘ldi, ammo shtatlarning turlicha yo‘l tutishlari pandemiyaga qarshi kurashdagi eng ojiz tomonimiz bo‘ldi», — dedi Fauchi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, virusga qarshi choralarning, xususan, niqob taqishning siyosiylashtirilishi ham mamlakatning pandemiyaga qarshi kurashishiga salbiy ta'sir ko‘rsatdi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirganlar soni 19 milliondan oshgan. Mamlakat kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi.
Mavzuga oid
19:11 / 26.02.2026
2025 yilda AQShdan chiqib ketganlar soni kirib kelganlar sonidan oshdi – OAV
18:57 / 26.02.2026
Kubaga «hujum qilgan» bosqinchilar o‘ldirildi. AQShning kommunist qo‘shnisida nimalar bo‘lyapti?
09:10 / 26.02.2026
Zelenskiy va Tramp RF bilan muloqotni va Jyenevadagi uchrashuvni muhokama qildi
08:42 / 26.02.2026