Jahon | 16:41 / 28.12.2020
3810
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada kuchli bo‘ron oqibatida 30 mingdan ortiq uy elektrsiz qoldi

 Bretan, Normandiya va O-de-Frans regionlarida soatiga 136 kilometr tezlikda esgan shamol daraxtlarni ildizi bilan qo‘porib tashlagan.

Foto: AFP

Buyuk Britaniya va Fransiyada yuz bergan "Bella" bo‘roni oqibatida Fransiyaning markaziy va sharqiy regionlarida 34 mingga yaqin uy elektr ta'minotisiz qoldi.

Xususan, Overn-Rona-Alp, Burgon-Fransh-Konte va Elzas provinsiyalarida energiya ta'minoti izdan chiqdi, deb xabar bermoqda AFP agentligi.

Mamlakatning ayrim hududlarida kuchli qor yog‘moqda.

Avvalroq ob-havo sharoiti yomonlashishi sababli Bretan, Normandiya va O-de-Frans regionlaridagi 18 mingta uy elektrsiz qolgandi.

 RFI onlayn-nashrining yozishicha, ushbu hududlarda daraxtlarni ildizi bilan qo‘porib tashlagan shamolning tezligi soatiga 136 kilometrga yetgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid