Jahon | 19:47 / 29.12.2020
5007
2 daqiqa o‘qiladi

Bir yarim milliard donadan ortiq niqob dunyo okeaniga tushishi mumkinligi ma'lum qilindi

Ta'kidlanishicha, okeanlarning ifloslanishi baliqchilik xo‘jaligi va turizm sanoatiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi va dunyo iqtisodiyotiga yiliga 13 milliard dollarga tushadi.

Foto: Andrey Nekrasov / Barcroft Media / Getty Images

Koronavirus pandemiyasi ekologiya uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Bu yil ishlab chiqarilgan 52 milliard dona tibbiy niqobning 1,5 milliarddan ortig‘i dunyo okeaniga tushadi. Okeanlarni himoya qilish bo‘yicha Oceans Asia guruhi ekspertlari ana shunday xulosaga keldi.

 Hisob-kitoblarga ko‘ra, buning natijasida dunyo okeani 4680—6240 tonna plastik bilan ifloslanadi.

 Qayd etilishicha, niqoblar 450 yilda chiriydigan polipropilendan tayyorlanadi. Vaqt o‘tishi bilan niqobning mikroskopik zarralari ajralib chiqib, okeanlar ekotizimiga xavf soladi.

«Okeanning plastik bilan ifloslanishi oqibatida har yili 100 mingga yaqin sutemizuvchi va toshbaqalar, milliondan ortiq dengiz qushlari va ulardan ham ko‘proq baliqlar hamda umurtqasiz jonivorlar halok bo‘ladi», — dedi Oceans Asia amaliyotchi direktori Geri Stouks.

 Uning ta'kidlashicha, okeanlarning ifloslanishi baliqchilik xo‘jaligi va turizm sanoatiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi va dunyo iqtisodiyotiga yiliga 13 milliard dollarga tushadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid