O‘zbekiston | 12:18 / 29.12.2020
5258
2 daqiqa o‘qiladi

Keyingi yilda 2ta tezyurar poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi 

Keyingi yilda 2 ta tezyurar poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomada ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, hukumatga keyingi yil 1 martdan boshlab, ichki turizm yo‘nalishlaridagi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish va aviachipta narxining bir qismini, budjetdan qoplab berish tizimini joriy etish vazifasi yuklanadi.

“Shuningdek, bir qator hududiy aeroportlar davlat-xususiy sheriklik asosida tashqi boshqaruvga beriladi.

Keyingi yilda 2 ta tezyurar poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi, Buxoro – Urganch – Xiva temir yo‘lini elektrlashtirish boshlanadi.

Aholi punktlari o‘rtasidagi, ayniqsa, qishloqlarni tumanlar markazlari bilan bog‘laydigan uzluksiz avtobus qatnovlari xususiy sektorni jalb qilish orqali ko‘paytiriladi.

Toshkent shahrida yerusti metrosining 12 kilometrlik ikkinchi bosqichi foydalanishga topshiriladi. Shu tariqa yerosti va yerusti metro liniyalari yaxlit tizim sifatida bir-biriga ulanadi”, - dedi davlat rahbari.

Turizm obektlari atrofidagi yer maydonlari, suv va yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash uchun budjetdan 1  trillion so‘m ajratiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid