O‘zbekiston | 20:29 / 29.12.2020
4344
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tabiiy va texnogen ofatlar bo‘yicha hukumat dasturi ishlab chiqiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga qilgan murojaatida 2 oy muddat ichida «Favquloddagi holat to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi hamda tabiiy va texnogen ofatlar keltirib chiqaradigan muammolar yechimiga qaratilgan Hukumat dasturi ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

«So‘nggi yillarda respublikamizda yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlar, kuz-qish mavsumida sodir bo‘layotgan yong‘in va boshqa ko‘plab noxush holatlar bu boradagi mavjud tizimni yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Yurtimizda barpo etilayotgan ko‘plab yirik obektlar va baland qavatli binolarda yong‘in xavfsizligini ta'minlashning yangi tizimini tashkil etish zarur.

Shuningdek, sohaning moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini tubdan mustahkamlash lozim.

Shu sababli 2 oy muddatda «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi hamda yuqorida qayd etilgan muammolar yechimiga qaratilgan Hukumat dasturi ishlab chiqilsin», dedi prezident.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid