Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Davlat xaridlariga oid ma'lumotlarni davlatning o‘zi ta'minlab beryapti» – adliya vaziri
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov jurnalistlar davlat xaridlariga oid ma'lumotlarni sirli manbalardan olmayotgani, balki bu borada jamoatchilik nazorati bo‘lishi uchun ushbu ma'lumotlar ommaga ochiqlanayotganini aytib o‘tdi.
Adliya vaziri Xalqaro press-klubning 30 dekabrdagi sessiyasida keyingi paytda ommaviy axborot vositalarida keng yoritilayotgan va ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘layotgan davlat xaridlari bilan bog‘liq ma'lumotlar bo‘yicha fikr bildirdi.
«Biz bugun davlat organlarining ochiqligi, faoliyatining shaffofligini ko‘ryapmiz. Kuzatishimiz mumkinki, har bir organning qilgan harakati, hattoki olgan mashinasi, davlat xaridlari juda katta muhokamalarga sabab bo‘lyapti. Endi bitta savol beraylik: bu ma'lumot qayerdan chiqyapti yoki qandaydir bir jurnalist buni sirli manbalardan olyaptimi? Yo‘q, albatta.
Davlatning o‘zi ta'minlab beryapti, jamoatchilik shu boradagi nazoratni amalga oshirsin, shaffoflik bo‘lsin, nazorat bo‘lsin deb bu ma'lumotlarni ommaga chiqaryapti. Bu ham davlat miqyosidagi shaffoflikning bir ko‘rinishi, bevosita korrupsiyaga qarshi kurashishning mexanizmi sifatida ko‘rishimiz mumkin.
Bu ishlar yetarlimi deb so‘raladigan bo‘lsa, albatta yetarli emas. Buni prezidentimiz kecha Oliy Majlisga murojaatida ham aytdilar, ya'ni vazirlik idoralar faoliyatida qaror qabul qilish haddan tashqari markazlashgani, [rahbarlarning] qat'iyatsizligi yoki bilimining yetmasligi, ko‘p rahbarlar ortiqcha qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘yayotgani, majlislar ko‘payib borayotganini alohida qayd etdilar. Juda qattiq tanqidiy tahlil asosida bugungi holat ochib berildi», deya Ruslanbek Davletovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni parlamentga murojaatida ushbu masalaga to‘xtalib, bundan buyon barcha davlat xaridlari jamoatchilik va parlament nazoratida bo‘lishini ta'kidlagan edi.
Mavzuga oid
00:03 / 28.12.2025
To‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar ro‘yxati bekor qilinadi
19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi
13:55 / 18.11.2022
“1 yanvardan davlat xaridlari portalini tushunish oson bo‘lgan tarzda yangi shaklda ishga tushiramiz” – Timur Ishmetov
22:35 / 15.11.2022