Jizzax viloyati hokimi Ergaş Soliyevning qizi Nargiza Soliyeva 50 foizdan ortiq uluşga egalik qiladigan «My Flower» kompaniyasi 2020 yilning iyunida Jizzax şahri markaziy köçalarini obodonlaştirişda mavsumiy gullar va manzarali ösimliklar ekiş böyiça tenderda ham ğolib çiqqan.

2020 yil 20 iyunida bölib ötgan tender komissiyasiga viloyat hokimining örinbosari Akrom Rahmonqulov raislik qilgan. Tenderda «My Flower»dan taşqari «Ishtixon Trans Servis» kompaniyasi ham qatnaşgan. Komissiya viloyat hokimi qizining 1,9 milliard sömlik taklifini «eng ma'qul va maqsadga muvofiq» deb topgan.

Avvalroq «My Flower» viloyatning «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi tomonidan 2020 yil fevral va noyabr oylarida ötkazilgan, umumiy qiymati qariyb 2 milliard sömlik tanlovlarda ham ğolib çiqqani haqida xabar berilgandi. Noyabrdagi tanlovda ham «My Flower»ga «Ishtixon Trans Servis» kompaniyasi raqobatçi bölgan.

26 dekabr kuni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi uşbu holatlarni «öz vakolatlari doirasida örganişni boşlagani», bu böyiça Jizzax viloyatiga sörov yuborilganini ma'lum qilgandi.