Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qonunni ko‘rib chiqishadi
2021 yil 6 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi chaqiriladi. Bu haqdagi qaror Senat kengashining 2020 yil 30 dekabr kuni o‘tkazilgan majlisida qabul qilindi.
«Videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida»gi, «Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi nazarda tutilgan», deyiladi Senat matbuot xizmati xabarida.
Bugun Senat saytida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun matni e'lon qilindi.
O‘zgartirish Konstitutsiyaning 107-modda 1-qismi — sud tizimiga taalluqli. O‘zgartirish kiritilayotgan moddada aniqlik kiritilishicha, O‘zbekiston sud tizimi Konstitutsiyaviy sud, Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma'muriy sudlardan iborat.
Ushbu o‘zgartirish O‘zbekiston prezidentining 24 iyuldagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra kiritilayotgan bo‘lib, unga ko‘ra, 1 yanvardan boshlab sud tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, Senat ushbu qonunni 18 dekabr kuni o‘tkazilgan o‘zining so‘nggi yalpi majlisida ko‘rib chiqishi kerak edi, biroq internetda Konstitutsiyaga muvofiq (128-modda) parlament Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni faqat keng jamoatchilik muhokamasidan so‘ng qabul qilishi mumkinligi to‘g‘risida maqolalar e'lon qilingach, masala kun tartibidan olib tashlangan edi.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
14:08 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Serbiya parlamentlari hamkorlik memorandumini imzoladi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
17:36 / 23.05.2026