Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada juftining vafoti uchun yig‘layotgan oqqush 23 ta poyezdni to‘xtatib qo‘ydi
Germaniyada temir yo‘lda turib qolgan oqqush ko‘plab poyezdlar harakatini to‘xtatib qo‘ydi.
Mahalliy politsiya axborotiga ko‘ra, Kassel va Gettingen hududlarini bog‘lovchi temir yo‘lda bir necha kun avval ikkita oqqush paydo bo‘lgan. Ulardan biri elektr urishi oqibatida halok bo‘lgan. Omon qolgan oqqush esa juftining vafotidan keyin temir yo‘lni tark etmagan. Oqqushlar odatda juftining vafotidan keyin boshini quyi solib yig‘laydi va shu tarzda aza tutadi.
Temir yo‘lda oqqush turganini ko‘rgan haydovchi poyezdni to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Poyezddagilar yo‘ldan haydab yuborishga harakat qilganiga qaramay, qush ketmagan. Voqea joyiga mahalliy o‘t o‘chiruvchilar yetib borib, maxsus texnika vositasida oqqushni unga zarar yetkazmay yo‘ldan olib, Fulda daryosiga qo‘yib yuborishgan.
Oqqushni qutqarish operatsiyasi bir soatga yaqin davom etgan va bu vaqt davomida 23 ta poyezd to‘xtab qolgan.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026