Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarusga demografik falokat xavf solayotganini aytdi
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Belarusga odam yetishmayapti, shu bois mamlakatni ko‘pincha kichik deyishmoqda.
Foto: AP
Agar Belarus demografik muammoni hal etmaydigan bo‘lsa, mamlakatni falokat kutmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko aytdi, deb yozmoqda «Pul pervogo» Telegram-kanali.
Dekret ta'tili qisqarishi to‘g‘risidagi savolga javob berarkan, Lukashenko davlat bunday qarorni amalga oshirolmasligini, mamlakatda tug‘ilishni rag‘batlantirish zarurligini aytdi.
«Mamlakatdagi eng katta muammo – bu demografik muammo. Shuning uchun hamma narsa bolalarga, onalik kapitali ham uzaytirildi. Agarda aholini ko‘paytirmasak, bu falokat bo‘ladi», — dedi Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusga odam yetishmayapti, shu bois mamlakatni ko‘pincha kichik deyishmoqda.
«9,5 yoki 10 million kishi nima degani? Bu hech narsa. Birinchi bosqichda 15 yoki 20 millionga yetishimiz kerak. Shunda aholi zichligi bo‘yicha Yevropa singari bo‘lamiz», — deb qo‘shib qo‘ydi Lukashenko.
Mavzuga oid
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
21:48 / 12.05.2026
Lukashenko armiyani urushga tayyorlash uchun qo‘shinlarning «maqsadli safarbarligi»ni e’lon qildi
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
09:06 / 02.04.2026