Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada koronavirus yuqtirish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi. APL yana to‘xtatilishi mumkin
Britaniyada koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha kunlik rekord yangilandi.
Ortda qolgan bir kun davomida Britaniyada 55 ming 892 kishida koronavirus aniqlandi. Bu virus aniqlanishi bo‘yicha qirollikdagi kunlik rekord hisoblanadi. Oldingi rekord 29 dekabr kuni qayd etilgan va o‘sha kuni 53 ming 135 kishida virus aniqlangandi. 31 dekabrda Britaniyada kun bo‘yi 964 kishi virus qurboniga aylandi.
1 yanvar kuni Britaniyada kunlik rekord yana o‘sishi mumkin. Chunki London vaqti bilan 18:00 holatida qirollikda 53 mingdan ortiq odam virus yuqtirgani aniqlangan. Yomon tomoni shundaki, aksar britaniyaliklar koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turini yuqtirmoqda. Bu esa shifokorlar uchun noqulaylik tug‘diryapti.
Britaniya bo‘ylab karantin qoidalari amalda. Futbol bo‘yicha Angliya chempionati yana to‘xtatilishi mumkin. Hozirgacha «Tottenhem» va «Manchester Siti» ishtirokidagi ikkita uchrashuv qoldirildi. Yangi yilni ham mamlakat aholisi karantin cheklovlari bilan kutib oldi. Boris Jonson yangi yil tabrigida kelasi yil britaniyaliklar 2020 yildagi cheklovlardan qutulishiga ishonch bildirdi.
Qirollikda vaksinatsiya jarayonlari ham o‘zgartirildi. Unga ko‘ra, vaksinaning birinchi dozasini olganlar ikkinchi dozani belgilanganidek uch haftadan keyin emas, uch oydan keyin olishi belgilandi. Bu esa odamlarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi, chunki milliondan ortiq britaniyaliklar birinchi dozani olib bo‘lgan.
Britaniyada bugungacha 2,5 milliondan ortiq odamda koronavirus aniqlangan. Virus 74 mingdan ortiq britaniyalikning o‘limiga sabab bo‘ldi. Qirollik hozirgacha 55 millionga yaqin fuqarosini koronavirusga testdan o‘tkazgan.
Mavzuga oid
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026
London Ukrainaga 1000 ta Britaniya raketasini taqdim etadi
13:13 / 10.01.2026