Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobuldagi universitetga uyushtirilgan hujum tashkilotchisi o‘lim jazosiga hukm qilindi
2 noyabr kuni ekstremistlar guruhi Kobuldagi universitetga hujum uyushtirishi oqibatida 35 kishi halok bo‘lgandi.
Kobuldagi universitetga uyushtirilgan hujum tashkilotchisi o‘lim jazosiga hukm qilindi, deb xabar bermoqda 1TVNews telekanali mamlakat IIVga tayanib.
"Kobuldagi universitetga uyushtirilgan hujum tashkilotchisi Odil o‘lim jazosiga hukm qilindi", - deyiladi telekanal xabarida.
2 noyabr kuni ekstremistlar guruhi Kobuldagi universitetga hujum uyushtirishi oqibatida 35 kishi halok bo‘lgandi.
Dastlab universitet hududida portlash sodir bo‘lgan, so‘ngra qurollangan shaxslar yuridik fakulteti yaqinida otishma sodir etgan. O‘sha vaqtda bu yerda kitoblar ko‘rgazmasining ochilish marosimi o‘tkazilayotgan bo‘lgan.
Hujum natijasida 20dan ortiq kishi jarohatlangan. Hujum uyushtirgan uch nafar jangari xavfsizlik kuchlarining olti soatga yaqin davom etgan operatsiyasi chog‘ida yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
21:19 / 15.06.2026
Olimlik poygasi: bugungi tadqiqotchilarning motivatsiyasi nima?
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
11:21 / 13.03.2026