13:03 / 04.01.2021
7352

Bo‘stonliq tumanida noqonuniy qurollar olib yurgan haydovchi aniqlandi

Bugun, 4 yanvar kuni, soat taxminan 02:00larda Bo‘stonliq tumani «Chorbog‘-Sijjak» yo‘nalishida tungi xizmatni o‘tayotgan YPX xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan Nexia R3 avtomashinasi to‘xtatilgan.

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, avtomashinani tekshirish davomida 3 dona ov quroli, o‘q va o‘qdon borligi aniqlangan.

Haydovchi bilan o‘tkazilgan suhbat vaqtida u inspektorga bir dona ov quroli hujjatini taqdim qilgan va qolgan ikki qurolning hech qanday hujjati yoki ruxsatnomasi yo‘qligini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, tuman IIBga topshirilgan. Hozirda Bo‘stonliq tumani IIB xodimlari tomonidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top