Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi qarori bilan alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish nizomi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, attestatsiya 2 bosqichda tashkil etiladi:
Birinchi bosqichda attestatsiyadan o‘tuvchilarning alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish va inklyuziv ta'limni amalga oshirish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilish darajasi, menejyerlik qobiliyati, malaka tavsiflarida belgilangan lavozim majburiyatlariga mosligi, kasbiy kompetentligi, dunyoqarashi va aqliy salohiyatini (IQ) tekshirish bo‘yicha test sinovlari tashkil etiladi.
Ikkinchi bosqichda esa attestatsiya komissiyasi tomonidan talabgorlar bilan savolnoma asosida suhbat o‘tkaziladi.
Shuningdek, nizomga muvofiq quyidagilar attestatsiyaga jalb qilinmaydi:
- ishga qabul qilinganiga yoki bola parvarishlash ta'tilidan qaytganiga bir yil to‘lmaganlar;
- mehnatga layoqatsizlik davrida bo‘lganlar;
- homiladorlik va tug‘ish ta'tilidagi ayollar, bolasi uch yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash ta'tilidagi xodimlar;
- ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari rahbar xodimlarining lavozim majburiyatlari zimmasiga vaqtincha yuklatilgan xodimlar.
Komissiya qaroriga ko‘ra attestatsiyadan o‘tolmagan talabgorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 1 oy muddatda mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi yoki bo‘sh (vakant) lavozimlar mavjud bo‘lsa, boshqa quyi lavozimga o‘tkazilishi mumkin.
Mavzuga oid
11:10
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026